Moskva şahrining amaldagi meri Sergey Sobyanin 2018 yili bölib ötişi kutilayotgan meriya saylovida iştirok etmoqçiligini bildirdi.
"Men bu işlarni birga davom ettirişni istayman. Şunga köra, men öz nomzodimni Moskva meri sifatida saylovda ilgari surişga qaror qilaman", deydi "Faol şaharlik"loyihasini nişonlaşga yiğilgan mehmonlar oldida nutq sözlagan Sobyanin.
"Öylaymanki, moskvaliklar meni qöllab-quvvatlaydi. Beş yil avval ötgan saylovlarda ham şahar aholisi Moskvani yanada yaxşilaş uçun işlarni boşlaşda menga imkoniyat bergandi", deb qöşimça qilgan mer.
Ma'lumot uçun, Sergey Sobyanin 2010 yildan buyon Moskva meri sifatida faoliyat olib bormoqda. U öşanda Yuriy Lujkov örnini egallagandi. Sobyanin 2005-2008 yillarda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ma'muriyati rahbari bölib işlagan.











