Rossiya poytaxti Moskva şahrida taksi haydovçilari davlat, transport, ijtimoiy va boşqa muhim obektlar joylaşuvi haqidagi bilimlarini sinovdan ötkazuvçi testni topşirişi şart. Imtihondan ötmasdan taksiçilik qilganlarga 5 ming rubl jarima xavf soladi. Şu mazmundagi qonun Moskva meri Sergey Sobyanin tomonidan imzolandi.
Test 20 daqiqa davom etadi va uni muvaffaqiyatli topşiriş uçun töqqizta savoldan sakkiztasiga töğri javob beriş kerak.
Test doirasida taksi haydovçilarining Moskva transport infratuzilmasi, madaniy meros obektlari, tibbiyot muassasalari, ta’lim va sport inşootlari, davlat va şahar hokimiyati binolari, şuningdek, ularga boradigan yönalişlar, favqulodda vaziyatlarda harakatlar, yölovçilar va yuklarni yölovçi taksilarida taşiş qoidalari böyiça bilimlari sinovdan ötkaziladi. Test bepul va olingan sertifikat ikki yil davomida amal qiladi.
2023 yilda Xalqaro Yevrosiyo «Taksi» forumida Moskvadagi deyarli 332 ming haydovçining 79 mingga yaqini Qirğiziston, 7 ming nafari Tojikiston va 5 mingga yaqini Özbekiston fuqarolari ekani ma’lum qilingan edi.











