Jinoyat işlari böyiça Farğona viloyat sudida Marğilon şahridagi “Mehribonlik uyi”ning sobiq direktori K.Yakubov, boş hisobçi A.Muydinova va hisobçi A.Saidkamolova, direktor örinbosari S.Usmonov, feldşer I.Yöldaşev, tarbiyaçi X.Yakubova, R.Abdufattoyev va N.Soliyeva, enagalar D.Djurabayeva va X.Törayevga nisbatan jinoyat işi oçiq sud majlisida körib çiqilmoqda.
Mavzuga oid: Marğilondagi mehribonlik uyi işi: ular öta oğir jinoyatlar bilan ayblanmoqda
ÖzA tarqatgan xabarga köra, sudya R. Arapov raisligida guvohlarning körsatmalari tinglanmoqda. Bundan oldin esa direktor örinbosari S. Usmonovga nisbatan Jinoyat kodeksining 129-moddasining 1-qismi (ön olti yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş), feldşer I. Yöldaşevga nisbatan Jinoyat Kodeksining 128-moddasi 1-qismi (ön olti yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş) yopiq sud majlisida körildi. Şuningdek, jinoyat işi böyiça yigirmaga yaqin jabrlanuvçilarning körsatmalari eşitildi.
Mazkur jinoyat işida sudlanuvçilar voyaga yetmagan şaxsni tarbiya muassasasida jinoyatga jalb qiliş, ön olti yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş, voyaga yetmagan ojiz ahvoldagi şaxsni qiynaş, ön olti yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş, şuningdek, ayolni öz homilasini sun'iy ravişda tuşirişga majburlaş kabi jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Sudlanuvçilar K.Yakubov, S.Usmonov, I.Yöldaşev va R.Abdufattoyevlarga nisbatan “qamoq”, X.Yakubova, N.Soliyeva, D.Djurabayeva va X.Törayevlarga nisbatan “uy qamoği”, A.Möydinov va A.Saikamolovalarga nisbatan “garov” ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Kelgusida sud majlisida töplangan dalillar atrofliça örganilib, işning har bir holatiga va sudlanuvçilarning harakatlariga huquqiy baho berilib, sud tomonidan qonuniy, adolatli va asosli qaror qabul qilinadi.








