Xalqaro Press klub rahbari Şerzod Qudratxöjayev Özbekiston Respublikasi Prezidentining taşabbusi bilan taşkil etilgan Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga rektor etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ötgan yili dekabrda Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunçilik palatasi a'zolariga Murojaatnomasida ayni universitetni taşkil etiş zaruriyati haqida gapirib ötgandi. Şu yil 24 may kuni esa Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini taşkil etiş töğrisida”gi qarori e'lon qilindi.
Endilikda yangi taşkil etilgan oliygohning birinçi rektori etib, XPK rahbari, jurnalist Şerzod Qudratxöjayev tayinlanmoqda.
Eslatib ötamiz, Qudratxöjayevga jurnalistlarga ta'lim beriş begona faoliyat emas. U bunga qadar Özbekiston Milliy universitetida ham talabalarga dars bergandi.








