Özbekiston-Qozoğiston savdo dinamikasi ikki mamlakatga tovar ayirboşlaşni 2020 yilga yetmay 5 milliard dollarga yetkaziş imkonini beradi. Özbekiston taşqi savdo vazirligi matbuot xizmati şu haqida xabar berdi. 

Ötgan yil uçun tovar ayirboşlaş 2 milliard dollardan oşdi, joriy yilning 4 oyida bu körsatkiç 788 million dollarni taşkil qildi (41,6 foizga ösdi). Manbada ta'kidlanişiça, Özbekiston hukumatining ba'zi import tovarlariga aksizlarning pasaytirilişi savdo hamkorligi faollaşişiga ijobiy ta'sir körsatdi. 

"Mazkur dinamika saqlab qolinsa, tomonlar yaqin orada özaro savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazişlari va şu tariqa davlat rahbarlari topşiriqlarini 2020 yilga yetmayoq muddatidan avval bajrişlari mumkin", - dedi taşqi savdo vaziri örinbosari S.Saifnazarov. 

Ta'kidlaş joizki, Ostonada bölib ötgan ikki mamlakat örtasidagi hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiya qöşma yiğilişida tomonlar tovar ayirboşlaşni 2018 yilda - 3 milliard dollarga va 2020 yilga borib 5 milliard dollarga yetkazişga kelişib olişgandi.