Falastinning harbiylaşgan tuzilmasi HAMAS Isroil bilan öt oçişni töxtatiş haqida kelişuvga erişilgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
HAMAS yuqori mansabli amaldori Halil al-Xayaning ma'lum qilişiça, Isroil harbiy-havo kuçlarining oldi olingan hujumlaridan biridan söng, Misr mojaroga yeçim topişga qöşilgan. Uning sözlariga köra, Isroil öz tomonidan sulhga rioya etsa, falastinlik kuçlar ham öt oçişni töxtatadi.
Isroil ta'lim vaziri va knesset fraksiyalaridan birining yetakçisi Naftali Bennet sözlariga köra, kelişuvga hali yakuniy tarzda erişilmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Isroil HAMASning Ğazo sektoridagi obektlariga aviazarbalar bergandi.














