Yaqinda Islom Karimov nomidagi “Toşkent” xalqaro aeroportida “Kuala Lumpur - Toşkent” reysi böyiça parvozini yakunlagan fuqaro Y.N. bojxona nazoratidan ötar ekan, yölovçi bojxona deklaratsiyasida özi bilan 4 turdagi 20 dona yovvoyi quş hamda 10 boş bengal yovvoyi örmon muşugini olib kelganligini qayd etadi.
Tabiiyki, Özbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 251-moddasiga binoan, bojxona çegarasi orqali olib ötilayotgan tirik hayvonlarning bojxona rasmiylaştiruvi birinçi navbatda va soddalaştirilgan tartibda amalga oşirilişi bois bojxona xodimlari zudlik bilan işga kirişişadi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ammo uşbu şaxs bu hayvonlarni olib kirişda Özbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va undan foydalaniş töğrisida”gi Qonunining 20-moddasiga binoan, yovvoyi hayvonlarni Özbekiston Respublikasiga olib kiriş Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oşirilişini “unutgan” ekan.
Boz ustiga, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi ekspertlarning xulosasiga köra, olib kelingan yovvoyi jonivorlar orasidagi 2 turdagi 4 dona töti hamda 10 boş bengal yovvoyi örmon muşugi bolalalari yöq bölib ketiş xavfi ostidagi hayvonlar turkumiga kirar ekan. Şu sabab bu turdagi hayvonlarni bojxona çegarasi orqali olib ötişda xalqaro SITES ruxsatnomasi ham bölişi lozim edi.

Modomiki, uşbu ruxsatnoma hujjatlari bölmasa, u holda fuqaro Y.N.ning bu harakatlari ğayriqonuniy deb e'tirof qilinadi. Özbekiston Respublikasiga ğayriqonuniy ravişda olib kirişga uriniş çoğida uşlab qolingan yovvoyi hayvonlar esa belgilangan tartibda olib qöyiladi.
Mazkur holatga aniqlik kiritgunga qadar uşbu jonivorlar Toşkent hayvonot boğiga vaqtinça saqlaş uçun topşirildi. Ammo bu jarayonda taşiş qoidalariga rioya etilmaganligi sababli yovvoyi quşlarning 2 donasi ölib qolganligi ma'lum böldi.
Xalqaro normalarga köra, yovvoyi hayvonlarni taşiş uçun möljallangan konteynerlar muayyan talablarga javob berişi lozim. Har bir qafasga jonivorlar 1 donadan joylaştirilişi, ularda oxur, suvdon, dam oliş tokçasi, ventilyatsiya teşiklari bölişi lozim. Ammo, fuqaro Y.N.ning uşbu oddiy ammo muhim talablarga rioya qilmaganligi juda qimmatga tuşdi.






