Londonning «Çelsi» futbol klubi egasi Roman Abramoviç Buyuk Britaniya investitsion vizasini uzaytiriş uçun arizasini qaytarib oldi. 

The Sun ma'lumotiga köra, rossiyalik tadbirkor Isroil fuqaroligini olgani tufayli Britaniya vizasini uzaytiriş şart emas, deb hisoblamoqda. Isroil fuqaroligi esa unga Buyuk Britaniya hududida yarim yilgaça qoliş imkonini beradi.

Abramoviç Britaniya vizasini oliş bilan boğliq muammolar yuzaga kelgaç, Isroilga köçib ötişga qaror qildi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Abramoviç Isroil fuqaroligini olayotgani xabar berilgandi.