Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida 2 iyun kuni tuman IIB profilaktika inspektori H.R. va “Döstlik” MFY xotin-qizlar böyiça mutaxassisi M.O. ismli ayollar Zamin köçasida yaşovçi S.X.ning uyida notaniş fuqaro röyxatdan ötmasdan yaşayotganligi yuzasidan aniqlik kiritiş maqsadida borganlar.

Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida yaşovçi Z.N. ismli ayol şu uyda röyxatdan ötmasdan yaşayotganligi hamda şu yerda bölgan uning tanişi, Jizzax şahrida yaşovçi D.S. yalanğoç holda turganligi sababli, profilaktika inspektori H.R. ularni tartibga çaqirgan.

D.S. xodimga nisbatan faol qarşilik körsatib, profilaktika inspektorini boşiga hamda M.O.ni yuziga qöllari bilan urib jarohat yetkazgan. 

Natijada profilaktika inspektori va “Döstlik” MFY Xotin-qizlar böyiça mutaxassisi M.O.lar kasalxonaga yotqizilganlar. D.S. uşlangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq YPX xodimi va ajratişga uringan rafiqasini «döpposlagan» haydovçiga jazo tayinlangandi.