Özbekiston Respublikasi IIV Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi tomonidan olingan ma'lumotga köra, Qonliköl tumani IIB Yöl harakati xavfsizligi guruhi inspektori, kiçik serjant O.Begjanov 2017 yilning 22 may kuni soat 20:30 lar atrofida A-380 “Ğuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yölida xizmat olib borayotgan vaqtida, qarama-qarşi yöldan harakatlanib kelayotgan “Neksiya” rusumli avtomaşinani töxtatib, haydovçisi A.U.dan tegişli hujjatlarini söraganida, haydovçi heç qanday hujjat körsata olmagan. 

Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, şu sababli inspektor avtomaşinani vaqtinçalik jarima maydoniga qöymoqçi bölganida, haydovçi inspektorning qonuniy talabiga böysunmasdan qöpol munosabatda bölib, xodimning xizmat kiyimidan uşlab, yölning pastki qismiga itarib yuborgan.

Holat yuzasidan 2017 yilning 15 noyabr kuni Qonliköl tuman jinoyat işlar böyiça sudining hukmiga köra, sudlanuvçi A.U. Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismida körsatilgan jinoyatni sodir etganligi uçun aybdor deb topilib, unga nisbatan “360 (uç yuz oltmiş) soat majburiy jamoatçilik işi” jazosi tayinlangan.