Eron terma jamoasi futbolchilari va murabbiylar shtabi jahon chempionatida ishtirok etish uchun Moskvaga yetib borishdi, deb xabar bermoqda TASS.

Natijada, Eron termasi Rossiyaga tashrif buyurgan ilk jamoa bo‘ldi.

8 iyun kuni Eron terma jamoasi «Spartak» stadionida Litva bilan o‘rtqolik o‘yin o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, Eron terma jamoasi JCh-2018 guruh bosqichida Marokash (15 iyun, Sankt-Peterburg), Ispaniya (20 iyun, Qozon) va Portugaliya (25 iyun, Saransk) bilan bellashadi. 

Turnir davomida eronliklar Moskva viloyatidagi Bakovka shaharchasida joylashgan «Lokomotiv» klubi qarorgohida istiqomat qilishadi.