6 iyun kuni Özbekiston «Qur'on musobaqasi-2018»da ğolib bölgan qorilar va ularning yaqinlari Toşkent – Jidda aviareysi orqali Umra safariga yöl oldilar.

"Özbekiston Qur'on musobaqasi-2018" ğoliblariga mukofot tarzida berilgan bu Umra safarida qorilarning ota-onalari va yaqin oila a'zolari ham bor, deb xabar qilmoqda Azon.uz.
Ma'lum bölişiça, Qur'on musobaqasi mukofoti asosida 30 kişi muborak safarga otlangan. Ularni Özbekiston musulmonlari idorasi xodimi Maqsud Karimov va Toşkent Islom instituti TTJ mudiri Abdulhakim Olimov kuzatib qöygan. Hamyurtlarimiz 16 iyun kuni Özbekistonga qaytişadi.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda birinçi marotaba keng miqyosda ötkazilgan Özbekiston Qur'on musobaqasi-2018 hifz yönalişidan birinçi örinlarga 3 kişilik Umra yöllanmasi, tilovat yönalişidan birinçi örinlarga ikki kişilik Umra yöllanmasi berilgan edi.












