Prezident Şavkat Mirziyoyev Tsindao şahrida ötayotgan ŞHT sammiti doirasida Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin bilan uçraşdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Si Tszinpin Şavkat Mirziyoyevni Xitoyga taşrifi bilan qutlab, Özbekiston bilan keng kölamli strategik şeriklik va köp formatli hamkorlikka katta ahamiyat qaratişini ta'kidladi.  

Prezident Şanxay hamkorlik taşkilotiga muvaffaqiyatli raislik va Tsindao sammiti yuqori darajada taşkillaştirilgani bilan Xitoy rahbarini tabrikladi.  

Özbekiston bilan Xitoy munosabatlari har tomonlama strategik şeriklik darajasiga kötarilgan. Özaro manfaatli hamkorlik barça muhim sohalarni qamrab olgan va izçil rivojlanib bormoqda. 2017 yilda ikki mamlakat örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 5 milliard dollarni taşkil etgan. 

Mamlakatda Xitoy kapitali iştirokida 700 dan ziyod korxona, qator kompaniyalar vakolatxonalari oçilgan. Özaro hamkorlikda sanoat, yuqori texnologiyalar, neft-gaz, kimyo, transport va logistika, töqimaçilik, qişloq xöjaligi kabi sohalarda köplab loyihalar amalga oşirilmoqda. 

Uçraşuvda Özbekiston – Xitoy hamkorligining bugungi holati atrofliça tahlil qilindi. Iqtisodiyot, savdo, investitsiya, transport kommunikatsiyalari, yuqori texnologiyalar va boşqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalari muhokama etildi. Buning uçun ikki mamlakat hududlari örtasidagi aloqalarni kengaytiriş muhimligi alohida qayd etildi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Şuningdek, Birlaşgan Millatlar taşkiloti, ŞHT va boşqa taşkilotlar doirasidagi hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilindi. 

Özbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi mamlakatlar va xalqlar farovonligi yölida keng kölamli strategik şeriklik va özaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlaşga tayyor ekanligi qayd etildi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Tsindaoda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşgandi.