Şanxay hamkorlik taşkiloti sammiti taşkilotga a'zo davlatlar rahbarlarining tor doiradagi uçraşuvi bilan boşlandi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov raisligida ötayotgan majlisda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin, Qirğiziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon iştirok etmoqda.

Muzokaralarda ŞHT faoliyatini me'yoriy-huquqiy jihatdan yanada takomillaştiriş, taşkilotga a'zo davlatlar örtasida siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni izçil rivojlantiriş, şuningdek, terrorizm, separatizm va ekstremizmga, narkotik moddalar va qurol-yaroğ kontrabandasiga, ommaviy qirğin qurollarining tarqalişiga qarşi birgalikda kuraşiş, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlaş masalalari, Afğonistondagi vaziyat muhokama qilinmoqda.
Suratlar muallifi A. Ilyasov ( jahonnews.uz )







