Mundialda ğolib çiqiş imkoniyati bölgan favoritlar bor va ularning har birida çempionlik salohiyati yetarli. Aynan nimaning hisobiga yutuqqa ega çiqişlari mumkinligini bilamiz. Odatda, har qanday turnir oldidan favoritlarning ustunliklari köproq sanaladi. Mabodo omadsizlik qayd etilsa, kamçiliklar körina boşlaydi, mağlubiyat sabablari şunçalik tahlil qilinadiki, xuddi, bu jamoa oldindan yutqazişga mahkum bölgandek.

Keling şu işni biz oldindan qilamiz. Ya'ni, agar bu favoritlar qayerdadir yutqazib qöyişsa, sabab sifatida nimani körsatiş mumkin?

GeRMANIYa

Foto: Twitter / @FIFAWorldCup

JÇ-2014 ğolibi öşa murabbiy va kuçli tarkib bilan beşinçi çempionlik uçun kelmoqda va aytiş kerakki, turnirning eng asosiy favoritidir. Xöş, nemislarga bu safar nima xalaqit berişi mumkin?

Agar Italiya terma jamoasi final bosqiçiga yöl olganida, javobi oson bölardi. Lekin endi, yanada çuqurroq qaraşga majburmiz va balki tört yil oldin jamoada mavjud bölgan ba'zi jihatlar endi topilmas? Masalan, öşanda terma jamoa asosini «Bavariya» a'zolari – Myuller, Şvaynştayger, Lam, Boateng, Noyyer, Kroos kabi futbolçilar terma jamoa asosini taşkil qilar edi. Mana şu poydevor ustida boşqalar ham jipslaşib, juda kuçli öyin körsatilgandi.

Bugungi Germaniyada aslida iste'dodli futbolçilar yanayam köpaygan, Lyov teng kuçli bir neça terma jamoa tuziş imkoniyatiga ega bölsa-da, asosiy tarkib haqida borganda, pasayişni kutgan bölardim. Yuqoridagi nomlardan ikki futbolçi futbolni tark etdi, Kroos «Real»ga ötib ketdi. Bu ham mayli, bugungi Germaniya terma jamoasi yulduzlariga qarasak, ularning birortasi ham öz klubida asosiy örinlarda emasligini köramiz. Bundesliga yetakçisi «Bavariya»ni olsak, himoyani qöşmaganda faqat Rude va Myuller nemis futbolçilari, qolganlar legioner.

Aytmoqçimanki, tört yil oldingi Germaniya nima qilişni oldindan biladigan, salobatli va tajribali jamoa bölgandi, bu safar esa, Lyov bir qator iste'dodli futbolçilardan yaxlit terma jamoa tuzişga muhtojdir. Öz-özidan, endi avvalgidek oson bölmaydi.   

ARGeNTINA

Foto: Twitter / @FIFAWorldCup