Qozoğistonning Jambul viloyatida yölovçi poyezdining bir neça vagoni relsdan taşqariga çiqib ketdi. RIA "Novosti" Qozoğiston Respublikasi IIVning Favqulodda vaziyatlar qömitasi (FVQ) vakili Ruslan Imanqulov bergan ma'lumotga asoslanib, şu haqida xabar berdi. 

Viloyat boşqarmasining matbuot xizmatida voqea natijasida bir neça kişi jarohat olgani ma'lum qilindi.

"Jabrlanganlar bor, biroq ularning neça kişi ekani va qurbonlar bor yoki yöqligi haqida hozirça ma'lumot yöq. Qaynoq liniya oçilmoqda, psixologlar ham işga kirişadi", - dedi matbuot xizmati vakili.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda yölovçilarning qulagan vagonlar derazalari orqali çiqayotganini köriş mumkin. Guvohlar ma'lumotlariga köra, relsdan çiqqan poyezd Ostona-Olmaota yönalişida harakatlanayotgan bölgan.