“Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e'tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi prezident Farmoni qabul qilingan edi.
Farmon bilan fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylariga nisbatan mulk huquqini e'tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi e'lon qilingan.
“Huquqiy axborot” kanalining yozishicha, mazkur farmon ijrosini ta'minlash maqsadida 2018 yil 21 iyunda hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e'tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalari tashkil etildi.
Komissiyaga tuman (shahar) hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari raislik qiladi. Komissiya tarkibiga tuman kadastr, qurilish, adliya va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari kiritiladi.
Komissiyalarning ishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish ishlari “respublika-viloyat-tuman (shahar)” uch pog‘onali prinsip bo‘yicha amalga oshiriladi.
Shuningdek qaror bilan “Ko‘chmas mulkka nisbatan mulk huquqlarini e'tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida ko‘chmas mulklarga nisbatan mulk huquqini e'tirof etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi.
Ushbu Nizom turar joylariga nisbatan mulk huquqini e'tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida jismoniy shaxslarning qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalariga yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan yakka tartibdagi uy-joyga nisbatan mulk huquqini e'tirof etish tartibini belgilaydi.
Nizomda belgilanishicha aksiya ko‘p qavatli uylarga va ularga tutashib ketgan yer uchastkalarida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga, noturar joylarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
O‘zboshimchalik bilan qurilgan uyga nisbatan mulk huquqini olish uchun imorat joylashgan hududdagi Davlat xizmatlari markazi orqali tuman (shahar) hokimiga ariza bilan murojaat qilishi lozim.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
• murojaat etuvchining pasport nusxasi;















