AQŞ Rossiyadan dizel oladi

Donald Tramp AQŞ Rossiyadan dizel sotib olişi böyiça kelişuvga erişdi. Prezident Tramp rossiyalik hamkasbi Putin bilan önlab marotaba telefonda gaplaşdi, bir marta yuzma-yuz uçraşdi, dösti va kuyovini Kremlga yubordi, lekin uruşni tugatiş böyiça heç qanday kelişuvga erişmadi. Juma kuni esa biznes masalasi muhokama qilingan birinçi telefon suhbatidayoq Putin bilan kelişdi, tadbirkor axir!

Rossiya Amerika va dunyo bozoriga 300 ming tonna dizel çiqaradi. Noyabr oyi davomida yana 500 ming tonna, undan keyin yana 1 million tonna dizel sotadi. «Hörmuzni töliq nazorat qilayotganimiz va Rossiya bilan erişilgan bu kelişuv evaziga dunyoda dizel narxi tuşadi», deb maqtandi Tramp.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bu holatga juda örinli izoh berdi: «Rossiyaga dizel sotiş imkonini beriş bu – uruşga investitsiya degani». Çindan şunaqa. Çunki Rossiya energoresurslardan keladigan pulni uruşga sarflaşini yaşirib ham ötirayotgani yöq.

Bu kelişuvni Ukraina juda yomon qarşiladi. Tramp va Putin örtasidagi kelişuvdan keyin Kiyev Rossiyadagi neftni qayta işlaş zavodlariga zarba berişni davom ettirdi. Tunda Rostovdagi zavod hujumga uçragani aytilmoqda. Bu kelişuv Zelenskiy Rossiya neft zavodlariga zarba berişni töxtatişni rad etgani bilan boğliq. Tramp bir neça marta dunyoda dizel narxi oşişida Zelenskiyni ayblab çiqqandi. Ukraina Rossiya neft inşootlarini qonuniy harbiy nişon deb biladi va ulardan keladigan pul uruşga yönaltiriladi deb hisoblab, bir neça yildan beri neft zavodlariga hujum qilib keladi.

Tramp ikkinçi muddatga kirişganidan keyin uruşni tugatişning eng oson yöli Ukrainaga bosim qiliş deb hisoblab, Zelenskiyni uruşni boşlaşda ayblagandi. Keyinroq uning qaraşlari özgarib bordi. Endi yana birinçi rejaga qaytgan körinadi. AQŞ dunyodagi eng katta neft zaxirasiga ega Venesuela qora oltini «ustiga ötirib olgan» bir vaqtda Rossiyadan solyarka sotib olişini boşqaça izohlab bölmaydi.

Saudiyaga hujum

Yaman husiyçilari Saudiyaga hujumni davom ettirmoqda. Poytaxt Ar-Riyoddagi xalqaro aeroportga amalga oşirilgan raketa hujumi oqibatida uç kişi, xususan, samolyot uçuvçisi halok bölgan. Hujum vaqtida Saudiya poytaxtida işlayotan xalqaro diplomatlar xavfsiz joyga yaşirinişga majbur bölgan. Bir neçta reyslar keçikkan, baʼzilari bekor qilingan. Urib tuşirilgan raketa parçalari bolalar boğçasi va tibbiyot birlaşmasi hududiga tuşgan.

Saudiya fuqarolari halok bölgani haqidagi xabarlarni kamdan kam hollarda tan olib, eʼlon qiladi. Bu gal şunday böldi. Biroq Saudiya tomoni husiyçilarga javob bergani yöq.