Ötgan yili oktabrda imzolangan öt oçişni töxtatiş kelişuvi göyoki Isroilning Ğazodagi uruşiga nuqta qöydi. Biroq oradan bir yil ötib ham Isroil zarbalarni hanuz töxtatgani yöq. Garçi hujumlar avvalgidek tinimsiz bölmasada, deyarli har kuni Ğazoning u yoki bu çekkasida falastinliklar ölimi kuzatilmoqda.

Mahalliy soğliqni saqlaş rasmiylari maʼlumotiga köra, sulh imzolanganidan beri, yaʼni bir yil içida Ğazoda 1400 dan ortiq inson öldirilgan. Isroil hanuz Hamas jangçilari nişonga olinayotganini aytmoqda.

Ğazodagi falastinliklar hayoti va tirikçiligini qayta tiklaşga urinmoqda. Ularning baʼzilari vayronalar orasidan qölidagi bor materiali bilan uylarini qayta qurmoqda. Boşqalar esa bizneslarini qayta jonlantiriş yoki yangisini boşlaş payida.

New York Times jurnalisti Aron Bokserman vayronalar orasida kun keçirayotgan ğazolik oilalar hayotidan hikoya qiladi.

Vayronalardan qayta quriş

28 yoşli Jaʼfar Atalloh bir paytlar oilasiga qaraşli kiçik fabrikada işlab, tirikçilik qilgan. Ğazo sektori şimolidagi al-Voha hududida joylaşgan fabrika uning uyi yonidagi loy konlaridan kosa va guldonlar yasardi. Isroilning harbiy kampaniyasi paytida uning uyi yer bilan yakson qilindi. Şundan söng Atalloh va oilasi bizneslarini Ğazo markazidagi az-Zavaydada qayta yölga qöydi.

Atalloh özi pişirgan qizil ğiştlardan kamtarona boşpana qurdi. Boşpana bitta xonadan iborat bölib, u yerda homilador rafiqasi bilan yaşaydi.

Atallohda yerdan loy qazib olayotgan joy / Foto: New York Times

Atallohda yerdan loy qazib oliş uçun zarur oğir texnika yöq. Ammo endi ularga qöl keladigan boşqa bir imkoniyat bor. "Biz Isroil bombasidan hosil bölgan çuqurga boramiz, çunki u yerda loyga yetib borsa böladi. Uni qazib olamiz, tozalaymiz va işga kirişamiz," deydi maqola qahramoni.

Somon bilan mustahkamlangan ğiştdan qurilgan devorlar Ğazoning jazirama yozida uyga tabiiy salqinlik beradi. Atalloh bu devorlar qişda ham uyni issiq saqlaşga yordam berişidan umidvor.