Ötgan hafta Ukraina dronlari «Yandeks»ning bir neçta data-markazlariga hujum qildi. Zarbalar kompaniyaning maʼlumotlar bazasiga jiddiy zarar yetkazgan bölişi mumkin. Oqibatda Rossiya va MDH mamlakatlarida, jumladan, Özbekistonda ham «Yandeks»ning ayrim xizmatlarida uzilişlar kuzatildi.

Uçta data-markazga hujum

Dastlab, 8-oktabrga ötar keçasi kompaniyaning Ryazan viloyati Sasovo şahrida joylaşgan data-markaziga zarba berildi. 2014-yilda oçilgan uşbu obyekt «Yandeks»ning asosiy maʼlumotlarni qayta işlaş markazlaridan biri hisoblanadi. Uning elektr quvvati 12 megavattgaça yetadi, infratuzilmasida esa ön minglab serverlar mavjud. Dron zarbasidan keyin yirik yonğin kelib çiqdi va markaz faoliyati vaqtinça töxtadi. Bu «Yandeks Cloud» resurslaridan foydalanadigan turli xizmatlar işida uzilişlarga sabab böldi.

9-oktabr kuni Kaluga viloyatidagi «Grabsevo» industrial parkida joylaşgan yana bir data-markaz hujumga uçradi. 2022-yilda foydalanişga topşirilgan uşbu obyektni kompaniyaning özi Rossiyadagi eng yirik maʼlumotlarni qayta işlaş markazlaridan biri sifatida taʼriflagan. Markazning loyiha quvvati 63 megavattni taşkil etadi. Hujum natijasida inşootning bir neçta moduli butunlay işdan çiqqan.

11-oktabrga ötar keçasi esa Ukraina dronlari «Yandeks»ning Vladimir şahridagi data-markaziga ham hujum qildi. Ketma-ket berilgan zarbalar Rossiyadan taşqari boşqa MDH mamlakatlaridagi raqamli xizmatlar faoliyatiga ham taʼsir körsatdi. Jumladan, Özbekistonda «Yandeks»ning ayrim servislaridan foydalanişda muammolar yuzaga keldi.

Yetkazilgan zarar kölami

Dastlabki tahlillarga köra, data-markazlarning şikastlanişi Rossiyada sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirişga jiddiy zarba berişi mumkin. Eng katta yöqotişlardan biri sifatida neyron tarmoqlar, yirik til modellari va maşinali köriş tizimlarini öqitişda foydalaniladigan uçta yetakçi superkompyuterning işdan çiqişi körsatilmoqda.

Sasovodagi «Çervonenkis» va «Lyapunov», Kaluga viloyatidagi «Galuşkin» superkompyuterlari kompaniyaning sunʼiy intellekt sohasidagi işlanmalari, xususan, neyron tarmoqlarni öqitiş uçun işlatilgan. Xususan, «Çervonenkis» Rossiyada sönggi 15 yil içida yaratilgan eng kuçli superkompyuter sifatida taʼriflanadi. U 2021-yilda işga tuşirilganida dunyodagi eng kuçli 500 ta superkompyuter reytingida 19-örinni egallagan. «Galuşkin» ham sunʼiy intellekt modellarini öqitiş kabi yuqori hisoblaş quvvatini talab qiladigan vazifalar uçun möljallangan. Hujumlar oqibatida uşbu uçala superkompyuter ham töliq işdan çiqqan bölişi mumkin. Biroq ularning holati va yetkazilgan zararning aniq darajasi böyiça töliq maʼlumot mavjud emas.