Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 15-oktabr kuni Turkiya prezidenti kotibiyati rahbari Hasan Dogʻan hamda Prezident Administratsiyasi bosh kotibi Haqqi Susmaz bilan uchrashdi.

«Oʻzbekiston va Turkiyani oʻzaro bogʻlab turgan umumiy tarixi bor, tili, madaniyati, anʼanalari yaqin. Koʻp qirrali munosabatlarimiz aynan mana shunday mustahkam poydevor asosida izchil rivojlanib bormoqda.

Muloqot davomida hamkorlikni kengaytirish boʻyicha navbatdagi amaliy qadamlarni muhokama qildik va har ikki tomon uchun manfaatli boʻlgan yangi tashabbuslarni birgalikda amalga oshirish jarayonini davom ettirishga kelishib oldik», deb yozdi Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.