Özbekiston Respublikasi prezidenti “Ipak yöli” turizm xalqaro universitetini taşkil etiş töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi, Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligining Samarqand şahrida “Ipak yöli” turizm xalqaro universitetini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.
Quyidagilar Universitet faoliyatining asosiy yönalişlari etib belgilandi:
zamonaviy innovatsion va ilmiy-pedagogik texnologiyalarni, fan
va texnikaning eng yangi yutuqlarini qöllagan holda, turizm sohasida yuqori malakali professional kadrlarni milliy va xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq sifatli tayyorlaşni ta’minlaş;
ta’limning tegişli yönalişlari va mutaxassisliklari böyiça öquv-metodik adabiyotlarni yaratiş, yoş talabalar va mutaxassislarni jalb qilgan holda fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib boriş, turizm sohasida ta’lim tizimiga yetakçi xorijiy ta’lim muassasalari tajribasini joriy qiliş;
turizm sohasida kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş va modernizatsiya qilişga qaratilgan yangi ta’lim dasturlarini hamda öqitişning innovatsion şakllarini işlab çiqiş va joriy etiş;
istiqbolli yoş bitiruvçilarni çet el oliy ta’lim muassasalariga
va ilmiy-tadqiqot markazlariga magistratura hamda doktoranturada öqişga muntazam ravişda yuboriş orqali Universitetning ilmiy-pedagogik salohiyatini oşiriş, pedagogik texnologiyalar va öqitiş uslublarini faol takomillaştiriş;
ta’lim va ilmiy faoliyatning işlab çiqariş faoliyati bilan uzviy integratsiyalaşuvi uçun şart-şaroitlar yaratiş;
turizm sohasi sub’yektlari mutaxassislarini qayta tayyorlaşni
va ularning malakasini oşirişni taşkil etiş;
turistik faoliyatni va turizm sohasida yölovçilarni taşiş faoliyatini amalga oşiriş;
yetakçi respublika va xorijiy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni, jumladan, ularning mutaxassis hamda ekspertlarini öqitiş va ilmiy tadqiqotlar ötkaziş jarayonlariga jalb qiliş orqali rivojlantiriş, turizm sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qiliş böyiça xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va simpoziumlar taşkil etiş.
Belgilab qöyilişiça:
Universitet oliy ta’lim muassasasi – yuridik şaxs şaklidagi Özbekiston Respublikasi rezidenti hisoblanadi, alohida mol-mulkka, mustaqil balansga ega, öz majburiyatlari böyiça tasarrufidagi pul mablağlari va mol-mulk bilan javob beradi;
Universitetda öquv-metodik rahbarlik va ta’lim jarayonini yuritiş ilğor innovatsion hamda ilmiy-pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tomonidan ta’minlanadi;
Universitet Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining taşkiliy tuzilmasiga kiradi;
Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi ayni vaqtda Universitetning boş menejeri hisoblanadi;
Universitet rektori Universitet professor-öqituvçilarining tarkibi töliq şakllantirilgunga qadar Universitetning Vasiylik kengaşi tomonidan saylanadi, keyinçalik esa Universitet ustavida belgilanadigan tartibda professor-öqituvçilar tarkibi tomonidan yopiq ovoz beriş orqali saylanadi;
Universitetda 2019/2020 öquv yilidan boşlab xalqaro turizm sohasida kadrlar tayyorlaş böyiça öqitişning kredit tizimi qöllaniladi;
Universitetda öqiş özbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi, bakalavriatda Özbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari talablarini hisobga olgan holda ikkita çet tili: birinçisi – ingliz (fransuz, nemis) tili, ikkinçisi – Şanxay hamkorlik taşkilotining rasmiy tillaridan (rus, xitoy) biri öqitiladi;
Universitet bitiruvçilariga Özbekiston Respublikasida oliy ta’lim töğrisidagi hujjat deb e’tirof etiladigan, belgilangan namunadagi diplom beriladi.
2018/2019 öquv yilida Universitet bakalavriatiga qabul qiliş kvotasi ta’lim yönalişlari yuzasidan, qonun hujjatlariga muvofiq oşirilgan kontrakt stavkalari böyiça qöşimça qabul qiliş imkoniyati bilan, 125 kişi, jumladan, davlat grantlariga köra 42 kişi etib belgilandi.
Belgilab qöyilişiça:
a) 2018/2019 öquv yilida Universitetga abituriyentlarni qabul qiliş Özbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oşiriladi;
b) abituriyentlarni, çet el fuqarolari bundan mustasno, Universitet bakalavriatiga qabul qiliş test sinovlarini ötkaziş orqali amalga oşiriladi;
v) çet el fuqarolari Universitet bakalavriatiga belgilangan qabul kvotasidan taşqari suhbat ötkaziş orqali tölov-kontrakt asosida qabul qilinadi;
g) 2019/2020 öquv yilidan boşlab:
Universitetga talabalarni bakalavriat ta’lim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklari böyiça qabul qiliş kvotalari soni turizm sohasida mehnat resurslariga bölgan talab prognozidan va Şanxay hamkorlik taşkilotiga a’zo davlatlarning maqsadli buyurtmalaridan kelib çiqqan holda, Universitetning Vasiylik kengaşi tomonidan belgilanadi;
ilğor, e’tirof etilgan xalqaro imtihon tizimlari (TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject va boşqalar) sertifikatlariga ega bölgan abituriyentlarga tegişli fanlardan belgilangan tartibda eng yuqori ball beriladi va kelgusida ular uşbu fanlar böyiça test sinovlaridan ozod qilinadi;
Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Mehmonxona xöjaligini taşkil qiliş va boşqariş” hamda “Turizm (faoliyat yönalişlari yuzasidan)” ta’lim yönalişlari böyiça bakalavriat va magistraturaga qabul tugatiladi.












