Riştonlik tadbirkor Dima Qayum (Dilşod Boltaboyev)ning Rişton dehqon bozorida oçgan xalq kutubxonasining dovruği butun dunyoga tarqalib bölgan, desak mubolağa bölmaydi.
Ana şunday xalq kutubxonalaridan birini Samarqand tumanining Talibarzui Poyon mahallasida istiqomat qiluvçi 81 yoşni qarşilagan Şarof bobo Mamadaliyev öz xonadonida taşkil etdi.

— 25 nevara, 45 çevaraning bobosiman. Özimning nevara-çevaralarim kirib kelsa ham kutubxonam tölib toşib ketadi, — deydi Şarof bobo. — Hajga boriş niyatim bor edi. Lekin yoşim ketib qoldi, oçiği, endi umidimni uzdim. Prezidentimizning sözlaridan ilhomlanib, xalqqa foydam tegsin, deya uşbu kutubxonani taşkil etdim.
Lekin ayni ta'til kunlarida yon atrofdagi yetti mahallaning bolalari kelib, kutubxonadagi kitoblardan bahramand bölişmoqda.

— Kutubxonamda asosan özim öqib çiqqan badiiy, ilmiy kitoblarni töplaganman. Ularning soni 1800 dan oşiq edi. Kutubxonaga Samarqanddagi «Kitob olami» dökoni, kitobxonlarning sa'y-harakati bilan bolalar uçun möljallangan badiiy kitoblarni köpaytirişga erişdik.
Ayni paytda bolalar özlari öqiş uçun olib ketgan kitobga öz ixtiyorlari bilan yana bir kitob qöşib kelib topşirişni yölga qöyişgan. Kutubxonaga ötgan yilning fevralida asos solgan bölsam, mahallalarimiz bolalari örtasida tezda maşhur böldi, — deydi Ş.Mamadaliyev.

Yoşlar kuni arafasida mazkur kutubxonada Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisining örinbosari Nodir Jonuzoq mehmon böldi va Özbekiston Yoşlar ittifoqi Samarqand tuman kengaşi (raisa Madina Baratova) homiyligida Şarof bobo xususiy xalq kutubxonasiga 65 dona bolalar uçun möljallangan adabiyotlar taqdim etildi.
Tahririyatdan: Şarof bobo Mamadaliyev taşkil etgan xalq kutubxonasi haqida batafsilroq videoreportaj saytimizda keyinroq e'lon qilinadi.
Öz muxbirimiz.





