Ijtimoiy tarmoqlarda Dima Qayum nomi bilan tanilib asosan hajviya va hikmatlar ulaşuvçi riştonlik tadbirkor Dilşod Abdullayeviç Boltaboyev Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga kutubxonasini mahalliy mansabdorlardan himoyalaşni sörab oçiq xat yozdi. Xatning matni bilan tanişing:
«Ota-onam nafaqadalar, men esa Rişton tumani dehqon bozorida tunuka va peçka mahsulotlari savdosi bilan şuğullanaman. Bozor hududida qonuniy joyimda sentabr oyida kitob va kitobxonlikni tarğib qiliş maqsadida qarorlaringizdan ilhomlanib, bozorga öz kutubxonamdan kitoblar olib çiqdim, keyin internetdagi döstlarimga iltimos qildim. Kitoblar yoğilib kela boşlagandan keyin xalq ta'limi vaziri örinbosari Alişerjon Sa'dullayev va Rişton tuman hokimi bilan suhbatlaşib, ruxsat olib özimning dökonimdan 12 kv metr joyiga «Akfa» romlaridan quriliş işlarini boşlab, 25 kunda zamonaviy «Roşidoniy Xalq kutubxonasi»ni bitkazdim. Oçganimga uç oy tölgan bölsa, kitoblar soni 1500 donadan oşdi. Öqilgan kitoblar öquvçilari soni 1000 dan oşdi.
Bu qurilişga barça yurtdoşlarim Xayriya aksiyasi qilib pul berişdi, men esa hammasini şu kutubxonaga sarf qildim.
Keça Rişton tuman hokimi yonida ötirib buyruq olgan quriliş arxitektor boşliği tongda tuman IIB, Tuman yonğin xavfsizligi bilan çiqişib «sen noqonuniy qurding», deb izzatimga tegişdi. «Keçagina yonlarida eşitdingiz-ku, hokimning gapini», desam ham tan olmadi. Keyin Rişton tumanining yangi hokimining yonlariga kirdim va 30 million sömdan oşiq pul sarflaganimni aytdim, ular «boşqa joydan joy berib kredit beraman», dedilar.
Men boşqa joyga bora olmayman va u joyni qurişga berilgan kreditni tölay olmayman, garovga qöyişga heç nimam yöq. Har kuni öquvçilar kitoblar olib ketişmoqda. Bir kunda 20-25 dona ketadi, albatta, bepul tarqatyapman, yonida dökonçamda savdo qilyapman.
Sizdan iltimos, şu joyim buzilmasligi uçun öquvçilar va öz nomimdan ötinib sörayman - buzişmasin. Heç qanday yonğinga va hokazolarga xalaqit qilmaydi
Rişton tumani hokimligining heç qanday yordamisiz qurgan edim.
Sizning sözlaringiz quloğimda doimo jaranglamoqda. «Jaholatni ma'rifat bilan yengamiz» degan sözlaringiz. Iltimos, ötinib sörayman kutubxonani buzişmasin. Yordam bering.
Qişloqda kutubxona bor, lekin şaroiti yöq, ham uzoqligi uçun heç kim bormaydi. Men qurgan bepul kutubxona bozor içida bozorga yumuş bilan kelgan odam olib ketyapti. Albatta bepul”, — degan öz xatida Dilşod Boltaboyev.














