Bugun, 15 aprel kuni Içki işlar vazirligi Yonğin xavfsizligi institutida “Kitobxonlik bizni birlaştiradi” mavzuida ma'naviy-ma'rifiy tadbir ötkazildi, deb xabar berdi Kun.uz muxbiri.
Unda institutning professor öqituvçilari, kursantlar, Sergeli tumanidagi Çortoq, Al-Farğoniy va Yöldoş nomli mahalla faollari, ta'lim muassasasining sobiq bitiruvçilari, şuningdek, institutga yaqin hududda joylaşgan 2-, 3- va 285- sonli maktab öquvçilari iştirok etdi.



Ma'naviy-ma'rifiy tadbirni oçib berar ekan, institut boşliği Nuriddin Narmatov kitobning inson hayoti, ma'naviy olamini boyitişdagi ahamiyati haqida gapirdi. Şundan söng, joriy yilning mart-aprel oylarida institut kursantlari va yoş xodimlari örtasida ötkazilgan “Eng yaxşi kitobxon” körik tanlovining ğolib va sovrindorlariga institut ma'muriyatining diplom, pul mukofoti va kitoblar sovğa sifatida topşirildi.





Tadbirda “Kitobxon şahar” loyihasi doirasida institut atrofida yaşovçi aholi, xususan, yoşlar uçun taşkil etilgan bepul xalq kutubxonasi faoliyatiga ham start berildi.











