Google Maps servisi özining yangilangan xaritasida yaqindagina Rossiya tomonidan barpo etilgan Qrim köprigini ukrain tilida izohlagan, deb yozadi RIA Novosti.
Xaritadan körinişiça, Taman tomonidan köprik rus tilida izohlangan, Qrim tomonga yaqinlaşiş bilan ukrain tilida «Krimskiy Mist» yozuvi paydo böladi.

Yarimorolni Rossiyaning materik qismi bilan boğlovçi köprik Google xaritalarida ikki kun keç paydo böldi. Bu holatda Tamandan Kerçgaça köprik orqali yönaliş belgilaşga Google Maps servisi izn bermaydi va eski paromli ötkaziş yölini taqdim etadi.
Qrim köprigi Rossiya tomonidan barpo etilgan eng uzun köprik bölib, uning uzunligi 19 km.ni taşkil etadi. Unda avtomobil qatnovini yölga qöyiş 2018 yilning söngiga möljallanayotgan edi, biroq işlar muddatidan avval yakunlangan.







