Ukrainalik harbiylar Qrim köprigini butunlay yakson qiliş imkonini beradigan yangi operatsiyani tayyorlamoqda. Bu haqda Ukraina Qurolli kuçlari (UQK) Harbiy-dengiz kuçlari qömondoni vitse-admiral Aleksey Neijpapa The Observer’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
U oldingi hujumlar vaqtida avtomobil yöliga, şuningdek, temiryöl konstruksiyasiga şikast yetkazilganini eslatib, natijada rossiyalik harbiylar köprik orqali oğir vagonlarni ötkaza olmayotganini ta’kidladi. Neijpapa Ukraina bu safar Qrim köprigini yakson etişiga umid qilişini bildirdi. «Rossiyaliklar biz uçinçi operatsiyani faol muhaokama qilayotganimizni tuşunadi», — deydi u.
Ukraina bundan oldin ikki marta Qrim köprigini yöq qilişga uringan. 2022 yil 8 oktyabrda, RF prezidenti Vladimir Putinning 70 yillik yubileyi nişonganlangan sananing ertasi kuni köprikda yuk maşinasi portlatilgan edi, natijada, ikkita avtomobil yöli qulab tuşgan, temiryöl qismida yonğin yuz bergan. Öşanda Rossiya tomoni yetkazilgan zararni 7 milliard rubldan ziyodga baholagan edi. Ta’mirlaş işlari 8 oy davom etgan. Ikkinçi uriniş 2023 yil 17 iyulda amalga oşirilgan — bu safar ekipajsiz dengiz katerlaridan foydalanilgan edi. Uşbu hujum natijasida köprikning avtomobillar harakatlanadigan qismi yana şikastlangandi.
Keyinroq Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Malyuk hujumlarni şaxsan özi rejalaştirib, unga rahbarlik qilganini tan olgandi. Uning aytişiça, birinçi holatda ötkaziş punktidagi skanerlar aniqlay olmasligi uçun yuk maşinasiga plastik plyonkalar orasiga yaşirilgan 21 tonna geksogen yuklangan. Şuningdek, ukrainalik mutaxassislar GPS-koordinatalarni buzib körsatişga qodir radioelektron kuraş vositalarini çetlab ötadigan maxsus tizimni işlab çiqqan. Malyukning sözlariga köra, yukni yetkaziş uçun tasodifiy odamlar tanlangan.
Ikkinçi hujumda maxsus dengiz dronlari — 850 kilogramm portlovçi moddani taşişga qodir Sea Baby kamikadzelari yaratilgan. Uning ta’kidlaşiça, Ukrainaning yakuniy maqsadi köprikni butunlay yakson qiliş hisoblanadi. Bu haqda mamlakat rahbariyati, jumladan, Volodimir Zelenskiy ham bir neça bor gapirgan.
2014 yilda Qrim anneksiyasidan keyin 19 kilometrli köprik yarimorolning Rossiya bilan integratsiyalaşuvida muhim omil böldi. Uni quriş işlari 2016 yil fevralda boşlangan edi. Köprik rossiyaliklarga Ukrainaning janubiy hududlarini egallab olgan guruhlarni askar va qurollar bilan ta’minlaşda yordam körsagan.


















