Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) Qrim köprigi tayançlarini suv ostida portlatiş böyiça «yangi noyob maxsus operatsiya» ötkazganini da’vo qilmoqda.

Maxsus xizmat bayonotida aytilişiça, bir neça oy davom etgan operatsiya doirasida UXX xodimlari 3 iyun kuni ertalab soat 4:44 da Qrim köprigi ustunlarini minalaştirgan va trotil ekvivalentida taxminan 1100 kilogramm quvvatga ega «birinçi portlovçi qurilma»ni işga tuşirgan.

Portlaş natijasida köprik tayançlarining suv osti qismlari şikastlangan. «Amalda köprik avariya holatida», – deyiladi press-relizda. Şu bilan birga, tinç aholi orasida qurbonlar yöq.

UXXdagi manba ma’lum qilişiça, operatsiyani xizmat rahbari Vasiliy Malyuk şaxsan nazorat qilgan. «Xudo uçlikni yaxşi köradi, UXX esa har doim öylagan narsasini oxiriga yetkazadi va doim betakror böladi. Avvalroq 2022 va 2023 yillarda Qrim köprigiga ikki zarba bergandik. Bugun biz bu an’anani suv ostida davom ettirdik», – dedi u.

Keyinroq Malyuk bu amaliyot yuzasidan ma’lumot berdi.

«Qrim köprigi – mutlaqo qonuniy nişon. Duşman uni öz qöşinlarini ta’minlaş uçun logistika arteriyasi sifatida işlatmoqda. Qrim – bu Ukraina va har qanday bosqinçilik harakati qat’iy javob oladi», – degan u.

Köprikdagi operativ vaziyatni kuzatib boruvçi telegram-kanalda Moskva vaqti bilan ertalab soat 6 atrofida transport harakati vaqtinça töxtatilgani haqida xabar paydo böldi, soat 9 ga kelib çeklov bekor qilindi.

Mash telegram-kanali 3 iyun kuni ertalab soat 6 atrofida köprik ustida Ukraina droni urib tuşirilgani, uning qoldiqlari yölga tuşgani haqida yozgan edi. Bu vaqtda köprikdan Taman tomondan maşinalar ötib ketayotgan bölgan, biroq jabrlanganlar bölmagan. Manbaning ta’kidlaşiça, heç qanday şikastlaniş ham yöq. Şundan söng, mutaxassislar yölni tekşirib, dron qoldiqlarini olib taşlagunça köprik uç soatga yopilgan.

Soat 15:23 da esa köprik böylab harakat yana töxtatilgan. 

Rossiyadagi harbiylaşgan telegram-kanallarda köprik hududida ukrainlarning dengiz dronlari hujumi qaytarilgani haqida xabar berilgan.

«Interfaks» Sevastopol buxtasida dengizdagi yölovçi transporti harakati ham vaqtinça töxtatilganini xabar qilgan. Sevastopolning Rossiya tomonidan tayinlangan rahbari Mixail Razvojayev flot «turli qurollardan foydalangan holda suv osti qöporuvçilik harakatlariga qarşi maşğulotlar ötkazayotgani»ni ma’lum qilgan.