“Özbekiston havo yöllari” Milliy aviakompaniyasining “Maxsus aviatsiya işlari” aviakompaniyasi turoperatorlar, agentliklar va barça xohlovçilarga Özbekistonning gözal göşalariga vertolyotda sayr qiliş xizmatidan foydalanişni taklif qildi.​ “Maxsus aviatsiya işlari” aviakompaniyasi xodimi Jamşid Abdullayevning aytişiça, sayr qilişning dastlabki bahosi soatiga 18 million 200 ming söm deb belgilangan. Bu – aviakompaniya taklif etayotgan narx.​

Mutaxassisning ta'kidlaşiça, parvozlar Toşkentdan amalga oşiriladi. Poytaxtdan Zarafşon toğ tizmalariga parvoz qiliş va qaytiş 5 soat davom etadi. Vertolyotga köpi bilan 16 sayyoh olinişi mumkin. Demak, sayohatçilar guruhi dastavval 91 million  söm yiğişi lozim böladi.

Şuningdek, aviakompaniya aerodromdan foydalangani uçun 431 768 söm tölaşiga töğri keladi. Demak, guruh Toşkent va Zarafşondagi aerodromlar uçun jami yana 863 536 ming söm berişi kerak böladi. Hisob-kitobga köra, sayohat bahosi jami 91 million 863 ming 536 sömni taşkil etadi. Guruhda 1 kişidan 16 (ayrim vertolyotda 20) kişigaça bölişi mumkin.

Bu – dastlabki narxlar. Agar turfirma yoki sayyohlik agentliklari orqali sayr qilmoqçi bölsangiz, ularning ham xizmat haqqini tölaşingizga töğri keladi. Narxlar mahalliy sayyohlar va xorijliklar uçun farq qilmaydi.​