Qozoğistonning Oqtöbesida şifokorlar Ginnes rekordini yangilaşdi: ular bir soat içida 4270 kişining qon bosimini ölçaşga muvaffaq bölişgan. Ommaviy tadbirda 500 tibbiy xodim iştirok etgan.    

Tadbir Salomatlik boğida ötgan. Qon bosimini ölçatiş uçun bu yerga 18 yoşdan 60 yoşgaça bölgan 4 mingdan köproq odam yiğilgan. Şifokorlar nafaqat qon bosimini ölçaşgan, balki öz tavsiyalarini berişgan.

Oqtöbe viloyatida bunday tadbir ilk bor ötkazilgan. Ta'kidlanişiça, bundan maqsad uşbu muammoga e'tibor qaratiş bölgan. Arterial gipertoniya yurak va tomirlarning eng keng tarqalgan kasalliklaridan biri bölib, u bejizga “bilinmas qotil” deb atalmaydi, çunki u deyarli heç qanday asoratsiz keçadi.

Foto: inform.kz
Foto: Laura Balmaganbetova
Foto: Laura Balmaganbetova
Foto: Laura Balmaganbetova

Avvalgi rekord natija Hindistonda 2015 yilda örnatilgan bölib, unda bir soatda 3600 kişining qon bosimini ölçaşga muvaffaq bölingan.