Bugun, 7 iyul kuni Toşkentdagi Wyndham mehmonxonasi majlislar zalida köpçilik kitobxonlar tomonidan kutilgan ziyo anjumani bölib ötdi. Anjuman jurnalist Şuhrat Sattorovning “Biz ğalaba qozonamiz” nomli yangi kitob taqdimotiga bağişlandi.
Davlat va jamoat arboblari, adabiyot va sanat namoyandalari, tadbirkorlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etgan uşbu taqdimot BMB Trade Group kompaniyasi homiyligi hamda Facebook tarmoğidagi “Maslahat.uz” guruhi hamkorligida taşkil qilindi.


Keng kitobxonlar ommasi uçun möljallangan mazkur kitob Prezident Şavkat Mirziyoyevning xalq hayotini yaxşilaşga qaratilgan taşabbuslari, “Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili”ga bağişlangan. Unda “fuqaro raqobatbardoş hamda bugungi zamonga munosib bölsa, orzulari ortidan mustahkam e'tiqod bilan borsa, hayotda öz örnini topişga intilsa va xalqqa xizmat qilişni burçi deb bilsa, jamiyat rivojlanadi, turmuş farovonlaşadi” degan ğoya ilgari surilgan.

Kitobda muallif tomonidan insonning oldiga qöygan maqsadga yetişiş uçun zarur omillar, orzu qarşisidagi maşaqqatlarni yengib ötiş va muvaffaqiyat qozonişning ilmiy-psixologik asoslari hayotiy misollar, ilmiy-ommabop manbalar asosida yoritiladi.


Kitobda işda yuksaliş, rahbarlik va yetakçilik, bugungi zamonga raqobatbardoş böliş va bunda şaxsiy fazilatlar, fe'l-atvorning örni, jamoatçilik oldida çiqiş qiliş sirlari alohida bobda hikoya qilinadi.














