Toşkent vaqti bilan 4-noyabr soat 09:00 holatida Senatda demokratlar 46 ta, respublikaçilar 37 ta öringa ega bölib turibdi. Palata nazoratini qölga oliş uçun demokratlarga yana törtta örin kerak. Bu saylovda Senatning 100 örnidan 35 tasi uçun ovoz berildi.

Image

435 örinli Vakillar palatasida esa demokratlar 140 ta, respublikaçilar 78 ta okrugda ğolib böldi. Oxirgi saylov uçastkalari Toşkent vaqti bilan 4-noyabr soat 10:00 da yopiladi.

Image

Ovozlar sanoği hali tugamagan bölsa-da, New York Times natijalarni «Trampga umummilliy tanbeh» deb atadi. Prognozlarga köra, demokratlarning har ikki palatani nazorat qiliş ehtimoli 95 foizdan yuqori.

Hozir Kongressning ikki palatasi ham respublikaçilar nazoratida. Demokratlar 3-yanvarda Vakillar palatasini egallasa, AQŞ prezidenti Donald Tramp ikkinçi muddatida ilk bor Kongressni töliq nazorat qila olmay qoladi.

AQŞ hududidagi eng sönggi saylov uçastkalari (Alyaska ştatida) AQŞ Şarqiy vaqti bilan 4-noyabr kuni soat 01:00 da yopildi.