Bugun, 27 avgust kuni Yozuvçilar uyuşmasi anjumanlar zalida Fanlar akademiyasining Özbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan tayyorlangan va Ğofur Ğulom naşriyotida naşr qilingan “Özbek xalq ijodi yodgorliklari” nomli 100 jildlik majmuaning dastlabki 15 jildi taqdimoti ötkazildi.

Unda fan, adabiyot va san'at vakillari, naşriyot xodimlari hamda OAV vakillari iştirok etdi.

Kun.uz muxbiri xabar berişiça, mazkur loyiha 2015 yilda boşlangan bölib, unda özbek xali oğzaki poetik ijodi asarlarining eng mukammal namunalari qamrab olingan. Jumladan, naşrning 59 jildi dostonlar, 10 jildi xalq qöşiqlari, 12 jildi ertaklar, qolgan jildlar esa terma, afsona, rivoyat, naql, maqol, topişmoq, askiya, lof, latifa, oğzaki drama, bolalar folklori va boşqa janrlarni ham öz içiga olgan.

Tadbirda söz olganlar xalq oğzaki ijodini örganişning ahamiyati haqida gapirişdi.

— «Jahon «Odisseya» dostonini örgandi, lekin bizning «Alpomiş» hali örganilgani yöq. Alpomişning «Odisseya»dan biror-bir kam joyi yöq. 

Meni yana bir narsa dahşatga soladi, yozuvçilarimiz xalq oğzaki ijodidan tobora uzoqlaşib bormoqda. Bilib qöyinglar, bu yaxşilikka olib bormaydi. Men yaqinda bir şoirga şe'rlaringiz juda zamonaviy, yangiça ekan, desam, siz surxonliklarga yaxşi-da, deydi. Nega desam, xalq oğzaki ijodini bilasizlar, deydi. Siz-çi, desam endi biz farğonalikmiz, deydi.

Xöş, Farğonadan çiqqan ijodkor xalq oğzaki ijodini bilmasligi kerakmi? Özini ijodkorman degan kişi borki, avvalo öz xalqining oğzaki ijodini bilişi kerak. Töğri, jahon adabiyoti ham kerakdir-u, lekin xalq oğzaki ijodini bilmagan ijodkor bu ijodkor emas», dedi Özbekiston xalq şoiri Usmon Azim.