Foto: Samsung 

«Aqlli» maişiy texnika nafaqat zamonaviy körinişga ega, balki bizning tez rivojlanib borayotgan asrimizda barça işimizni osonlaştiradigan haqiqiy yordamçi hamdir.

Telefon va televizorlar «aqlli» yordamçiga aylanib böldi, ularning işlab çiqaruvçilari esa bu nuqtada töxtab qolmoqçi ham emas. Barçamizga ma'lum bölganiday, mukammallikning çeki yöq. Maişiy texnika ham tinimsiz özgarib, samaradorligi oşmoqda, sezdirmay işlab, hayotimizga qöşimça qulaylik taqdim etayotgan yangi funksiyalarga ega bölib bormoqda. Keling, Samsung kompaniyasi misolida texnologiyalar hayotimizni yaxşi tomonga qançalik özgartirganligiga nazar solamiz.

Foto: Samsung 

 Televizorlar

Samsunğning yangi QLED televizorlari xona intereriga juda oson va oddiy tarzda mos tuşaveradi.

Afzalliklari:

Ambient rejimi

2018 yil Samsung kompaniyasi QLED televizorlari uçun innovatsion rejim taqdim etdi. Ambient rejimida qurilma displeyiga oboy rangi yoki tasvirini töğridan-töğri köçiriş mumkin, bu esa öz navbatida televizor xona intereriga a'lo darajada mos kelişini ta'minlaydi. Ambient  rejimi orqali televizordan ob-havo va yangiliklar haqidagi eng muhim ma'lumotlarni körsatib turilişi uçun foydalaniş mumkin.

One Invisible Connection - körinmas ulaniş tizimi

One Invisible Connection* - bu quvvat va ma'lumotlarni uzatiş kabellarini özida birlaştirgan bitta ingiçka sim. Yangi QLED televizorlari uçun boşqa heç qanday qöşimça ulanişlar, ötkazuvçilar va simlar talab etilmaydi. Uşbu sim heç qanday muammosiz xonangizning intereriga juda mos tuşadi.

Bevosita yoritiş texnologiyasi (Direct Full Array)

Bevosita yoritiş texnologiyasi orqali (DFA) Q8F va Q9F modelli QLED televizorlari yuqori kontrast darajasiga ega ajoyib tasvirlarni namoyiş qiladi.