Turkiya politsiyasi Horun Yahyo nomi bilan tanilgan islom voizi Adnan Oktarni hibsga oldi, deb xabar berdi Anadolu agentligi.

Xabarda aytilişiça, xavfsizlik kuçlari Oktar guruhiga aloqadorlikda gumon qilingan 235 kişini qölga oliş böyiça operatsiyani davom ettirmoqda. Istanbul politsiyasining moliyaviy jinoyatlarga qarşi kuraş bölimi Turkiyaning beşta viloyatida operatsiya ötkazmoqda.

Foto: Anadolu

Guruh a'zolari jinoiy taşkilot tuziş, bolalarga nisbatan jinsiy zöravonlik qiliş, voyaga yetmaganlar bilan jinsiy aloqa, bola öğirlaş, zörlaş, şantaj, noqonuniy ravişda odamlar erkinligini çeklaş, harbiy va siyosiy josuslik, diniy e'tiqoddan foydalanib tovlamaçilik qiliş, şaxsiy hayotga daxlsizlik, hujjatlarni soxtalaştiriş va boşqa köplab jinoyatlarda ayblanmoqda.

Foto: Anadolu

Horun Yahyo taxallusi bilan maşhur bölgan Oktar yozuvçi, islom kreatsionisti. U 300dan ortiq siyosiy, diniy va ilmiy-ommabop kitoblar muallifi bölib, asarlari 76 tilga tarjima qilingan.

Oktar 1986 yilda "dindan dunyoviy davlatning ijtimoiy, iqtisodiy yoki siyosiy tuzumini özgartiriş maqsadida foydalaniş" ayblovi bilan qölga olingan. Sud jinoyat alomati yöqligi uçun Oktarni ozod qiliş haqida hukm çiqargan.

Turk OAVlarining yozişiça, Oktar soxta islomiy sekta yetakçisidir.