Joriy yilning 11 iyul kuni Media-markaz binosida Xalqaro Press-klubning «Vaqf: xayriya mablağlari boşqaruviga şaffof yondaşuv» mavzusida sessiyasi bölib ötdi. Unda şu yilning 16 aprel kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan «Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni böyiça taşkil etilgan «Vaqf» xayriya jamoat fondi haqida ma'lumotlar berildi.

Foto: Xalqaro Press-klub

«Vaqf» xayriya jamoat fondi

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi «Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF-5416-son Farmoni böyiça «Vaqf» xayriya jamoat fondi taşkil etildi. Fond 10 may kuni Adliya vazirligi tomonidan davlat röyxatidan ötkazildi.

Vaqf özi nima?

«Vaqf» sözi luğatlarda «tutib turiş», «töxtatiş» ma'nolarida keladi. Vaqfning şar'iy ta'rifi borasida turli fikrlar bildirilgan. «Vaqf - narsani Alloh mulki hisobida saqlaşdir». Ya'ni, vaqf qilingan narsa vaqf qiluvçining mulkidan çiqadi va Alloh mulkiga aylanadi. Vaqf qilingan narsadan keladigan foyda vaqf qiluvçi uni vaqf etişda tayinlagan jihatga (masalan, talabalar, musofirlar, kambağallar kabi) sarf qilinadi va savobi vaqf qiluvçiga abadiy böladi. Vaqf qilingan narsa sotilmaydi, hadya qilinmaydi, meros bölmaydi.

Fondning asosiy mulki vaqf mulkidan kelgan mablağlarmi?

Fondning mablağlari 3 qismga bölinadi.

1. Xayriya bölimi

2. Vaqf bölimi

3.Zakot, uşr, fitr va fidya bölimi.

Bilişimiz kerakki, hozirgi kunda 3 ta bölimning ham banklarda alohida-alohida hisob raqamlari mavjud. Masalan, bir kişi zakot uçun fondga mablağ ötkazsa, uşbu mablağ zakot bölimiga tuşadi. Şu bilan birga, şariatda aytilgan örinlarga sarf qilinişi aytilmoqda. Umumiy qilib aytganda fond faqatgina vaqf mulkidan iborat emas.

Fondning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

Fondga kelib tuşgan mablağlar masjidlar va diniy ta'lim muassasalarining binolarini quriş, ta'mirlaş, rekonstruksiya qiliş, diniy ta'lim muassasalari professor-öqituvçilari, tadqiqotçilari, mutaxassislari va öquvçi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, şu jumladan, imkoniyati çeklangan şaxslarni moddiy va ma'naviy qöllab-quvvatlaş kabi bir qator işlar uçun sarflanadi.