Özbekiston Matbuot va axborot agentligi 1 fevraldan boşlab Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga aylantirilib, endi Prezident Administratsiya tarkibidagi tuzilma bölmoqda, uning direktori lavozimi esa davlat rahbari maslahatçisining birinçi örinbosarligiga tenglaştirilmoqda. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Bugun Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.Mirziyoyev Özbekiston Matbuot va axborot agentligini isloh qiliş töğrisidagi qarorni imzoladi. Unga köra ÖzMAA endi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi deb ataladi.
Idora Vazirlar Mahkamasi yurisdiksiyasi ostidan çiqarilib, davlatning axborot siyosatini işlab çiqiş va amaliyotga tatbiq etiş sohasidagi vakolatli organga aylantirilmoqda.
Yangi agentlikning asosiy vazifalari sifatida ommaviy axborot vositalarini rivojlantiriş, vazirliklar matbuot xizmatlari işini yaxşilaş, davlat organlari oçiqligini ta'minlaş belgilanmoqda.
Barça davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari Agentlikning axborot sohasidagi topşiriqlarini bajarişga majbur.
Eslatib ötamiz, Özbekiston matbuot va axborot agentligiga 2018 yil 28 noyabrdan buyon Komil Allamjonov rahbarlik qilib kelmoqda. Bungaça u Prezident matbuot kotibi lavozimida işlagan edi.
Agentlikka direktor etib tayinlangan Allamjonov «Uşbu muassasa jurnalistlar faoliyatining erkinligini kafolatlovçi hamda söz va matbuot erkinligini rivojlantirişga kömaklaşuvçi taşkilot sifatida şakllanişiga bor kuçimni safarbar etişga harakat qilaman», degan edi.

















