Bugun, 13 iyul kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi böyiça vitse-prezidenti Siril Myuller boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
“Mehmonlarni taşrifi bilan qizğin qutlar ekan, davlatimiz rahbari Özbekiston va Jahon banki guruhi örtasida hamkorlik munosabatlari izçil rivojlanib borayotganligidan çuqur qoniqiş hosil qilayotganini bildirdi”, - deyiladi xabarda.

Joriy yilda mazkur nufuzli xalqaro moliya instituti rahbariyati, xususan may oyida Vaşingtonda bank prezidenti Jim Yon Kim va yanvar oyida Toşkentda boş boşqaruvçi direktor Kristalina Georgiyeva bilan ötkazilgan qator samarali uçraşuvlar aloqalarni faollaştiriş va özaro hamkorlikning yangi yönalişlarini belgilab olişga hamda Özbekistonda istiqbolli loyihalar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni qöllab-quvvatlaş dasturini amalga oşirişga xizmat qilgani alohida ta'kidlandi.
Qayd etilişiça, bugungi kunda Özbekistonning Jahon banki bilan özaro manfaatli hamkorligi portfeli qiymati 4,4 milliard dollarlik imtiyozli moliyalaştiriş jalb etilgan 39ta amalga oşirilgan va oşirilayotgan loyihalarni öz içiga oladi.
Ayni paytda 2020 yilgaça bölgan davrga möljallangan Hamkorlik dasturi doirasida 20dan ortiq yangi loyihalar körib çiqilmoqda.
Uçraşuv davomida Özbekiston va Jahon banki örtasida kelgusidagi köp rejali hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. Investitsion loyihalarni sifatli va öz vaqtida amalga oşirişni ta'minlaşga alohida e'tibor qaratildi.

Qişloq xöjaligi, fuqaro aviatsiyasi va qayta tiklanadigan energetika sohasida kelgusida ham hamkorlik qiliş hamda Markaziy Osiyo mintaqasidagi ahamiyatga ega qöşma loyihalarni olğa suriş muhim ekanligi ta'kidlandi.
Bankning olib borilayotgan keng miqyosli islohotlarni qöllab-quvvatlaş hamda respublika va butun mintaqada izçil rivojlanişni ta'minlaşda Özbekiston bilan hamkorlik qilişga tayyor ekanligi yana bir tasdiqlandi.







