12 iyul kuni Moskva şahriga taşrif buyurgan Taşqi işlar vaziri örinbosari Abdujabbor Abduvohidov Rossiya TIV qoşidagi Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universitet) prorektori Artyom Malgin bilan uçraşdi, deya xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.
Suhbat çoğida Toşkent şahrida MDXMI filialini oçişga doir amaliy masalalar muhokama qilindi. Xususan, mazkur filialda mutaxassislarni tayyorlaş yönalişlari, xalqaro munosabatlar, biznes, körgazmali faoliyat va turizm kabi istiqbolli sohalarda yuqori malakali kadrlar bilan ta'minlaş masalalari töğrisida söz bordi.
Şu kunning özida taşqi işlar vaziri örinbosari Abdujabbor Abduvohidov va Özbekiston elçisi Bahrom Aşrafxonov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari uçun ötkazilgan «Xalqaro jurnalistika, madaniy diplomatiya va jamoatçilik bilan aloqalar» yönalişi böyiça MDXMIning ikki haftalik ta'lim dasturi yopiliş marosimida qatnaşdilar. Kurslarning sönggi kunida Rossiya Prezidentining xalqaro madaniy hamkorlik böyiça maxsus vakili Mixail Şvidkoy va birinçi kanalning “Xayrli tong” dasturi boşlovçisi Dilbar Fayziyeva ma'ruza öqidilar.
Yakunda dasturning 28 iştirokçisi sönggi attestatsiya sifatida öz taqdimotlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar va MDXMI sertifikatini oldilar.
Toşkentda MDXMI filiali oçilişi ehtimoli haqida ilk bor şu yilning mart oyida ma'lum qilingandi.












