Elyor G‘aniyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Moskvaga bordi

Foto: MDXMI
Moskvada 27 fevral kuni Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti rektori Anatoliy Torkunov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati sektor mudiri Elyor G‘aniyev va O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Bahrom Ashrafxonov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda dolzarb xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar Rossiya-O‘zbekiston munosabatlarining yuqori darajasi va uni, xususan ta'lim sohasida yanada mustahkamlash zarurligini qayd etishdi, deya xabar berilgan Rossiya universiteti saytida.
Elyor G‘aniyev O‘zbekistonda kadrlar tayyorlashda MDXMI rolini ijobiy baholadi, hamkorlikning ko‘p yillik tajribasini rivojlantirish va yangi yo‘nalishlar bo‘yicha ishlarni boshlash taklifi bilan chiqdi. Toshkentda MDXMI filialining ochilishi bunday yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi mumkin.
Rektor, o‘z navbatida, O‘zbekistondan kelgan abituriyentlarning tayyorgarlik darajasi yil sayin o‘sib borayotganligini qayd etdi. 20-25 aprel kunlari MDXMI Toshkent, Samarqand va Buxoroda bo‘lib o‘tadigan ta'lim ko‘rgazmasida yana ishtirok etadi.
Tomonlar qo‘shma ta'lim dasturlari va hamkorlikning boshqa shakllarini yaratish bilan bog‘liq masalalarni tezkorlik bilan boshlashga kelishib oldilar.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qayta tashkil etiladi
O‘zbekiston | 16:14
-
«El-yurt umidi» prezident stipendiyasi joriy etiladi
O‘zbekiston | 16:09
-
Turkiya aviakompaniyalari samolyot to‘xtashidan oldin o‘rnidan turganlarni jarimaga tortadi
Jahon | 15:55
-
O‘zbekiston va AEXA yadroviy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kelishib oldi
O‘zbekiston | 15:50
Mavzuga oid

07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi

14:35 / 08.05.2025
Moskvada yashovchilar banklar, do‘konlar va taksilar ishida uzilishlarga duch kelmoqda

12:41 / 08.05.2025