Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yer qimirlashini 10 soniya oldin his qilgan mushuklar internet ahlini hayratlantirdi (video)
Internetda Yaponiyadagi mushuklar kafesidagi kuzatuv kamerasi qayd qilgan video ommalashmoqda. Videoda bir nechta mushuk yer qimirlashidan 10 soniyacha oldin bir vaqtda bezovtalana boshlaganini ko‘rish mumkin.
Video 18 iyunda yozib olingan. Unda mushuklar xonaning turli burchaklarida tinch yotganlari, biroq keyin ulardan bir nechtasi bir vaqtda boshini ko‘tarib, xavotirlangan holda quloqlarini ding qilib turgani, so‘ngra xona bo‘ylab chopa boshlagan. Bir necha soniyadan keyin esa kamera yer qimirlashni qayd qiladi.
Foydalanuvchilar o‘z izohlarida mushuklarning sezgirligiga tan berishgan. Ko‘pchilikning tabiiy ofat vaqtida xonada qamalgan holda qolgan mushuklarga rahmi kelgan. Biroq kafe egalari xavotirlanishga o‘rin yo‘qligini, mushuklarga hech narsa qilmaganini ma'lum qilishgan. Video bir necha kun ichida milliondan ko‘proq namoyish to‘plagan.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026