19 iyul kuni Qibray tumanida Özbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qömitasi va Oliy sud tomonidan imzolangan memorandumga asosan ötkazilgan tadbirda Toşkent viloyatidagi 22 ta oila yaraştirildi. Viloyat hokimligi manbasi KUN.UZ'ga şu haqida xabar berdi. 

Özbekiston Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi "Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş va oila institutini mustahkamlaşga doir kompleks çora-tadbirlar" dasturida belgilangan oilalar mustahkamligini ta'minlaş, oilaning farzand tarbiyasi borasidagi mas'uliyatini oşiriş, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlaş, jamiyatda tinçlik va barqarorlikni saqlaşda oilaning tutgan örnini tarğib qiliş hamda jamiyatda fuqarolarning qonuniy haq-huquqlari sözsiz himoyalanişini ta'minlaş maqsadida bugun Özbekiston Respublikasi Oliy sud raisining örinbosari X.Yodgorov iştirokida sayyor uçraşuv ötkazildi. Unda Toşkent viloyati xokimligi,  viloyat xotin-qizlar qömitasi, viloyat fuqarolik sudi vakillari, hokim örinbosarlari, xotin-qizlar qömitalari raislari, hududiy FHDYo bölim mudirlari, "Oila" markazi rahbarlari, imom xatiblar, otinoyilar hamda ajrim arafasidagi oilalar iştirok etdi. 

Tadbirda nikoh munosabatlari, oilaviy masalalar yuzasidan sud qarorlari ijrosi böyiça amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan muhokamalar ötkazilib,  tegişli fikr-mulohazalar bildirildi. 

Tadbir yakuniga köra, Toşkent viloyatida istiqomat qiluvçi 22 ta oila yaraştirildi.