Samsung kompaniyasi yangi smartfonlari nomini özgartiriş strategiyasini özgartirişga qaror qilgan körinadi. Kompaniyaning yangi smartfonlari Galaxy A3, A5 va A7 nomi ostida çiqqan, biroq joriy yilda kompaniya Galaxy A6 va A8’larni taqdim qilib, öz yondaşuvini özgartirdi. 

Kompaniya Yevropaning intellektual mulk böyiça idorasi EUIPÖga Galaxy A10, A30, A50, A70 va A90 savdo markalariga ariza bergan. Smartfonlar nomlanişida bir xonali sonlar örniga ikki raqamlisi qöllangan. Samsung yil davomida odatda Galaxy A’dan bittadan köp çiqargani sababli, ulardan har qaysi biri öz raqamini oladi. Bu holda, kamtarroq körsatkiçlarga ega model Galaxy A10 deb, bu qatordagi eng qimmati esa Galaxy A90 deb atalişi mumkin.     

Biroq bugungi kunda kompaniya modellarini nomlaş, aniqroği raqamlaş böyiça yangi strategiyasi borasida rasman heç narsa demagan. Keyingi yilda Galaxy S10 çiqişi kutilayotgani sababli kompaniya smartfonlari nomlanişi birxillaştirilişi mantiqan töğri hisoblanadi.  

Bu esa kompaniyaning Galaxy S10’dan keyingi modellari Galaxy S11, S12, S13’dan köra, Galaxy S20, S30, S40 va şu kabi nomlanişi ehtimoli borligini anglatadi.