Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevga Sergeli avtomobil bozorini köçiriş böyiça loyiha taqdim etildi.

«Miratec kompaniyasi Sergeli avtomobil bozorini köçiriş böyiça loyihani taqdim etdi, uning doirasida yangi avtobozorni zamonaviy standartlar va mezonlarga muvofiq yangi maydonçada taşkil etiş taklifi berildi», - deya xabar qilişgan poytaxt hokimligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşidan. 

Uşbu loyiha böyiça asosiy investor - Miratec kompaniyasi. Uning direktori Dilşodxon Mansurxonovning sözlariga köra, loyihani koreyalik investorlar bilan hamkorlikda amalga oşiriş rejalaştirilmoqda, bu Jahongir Ortiqxöjayevda qiziqiş uyğotgan. Investor yaqin kelajakda moliyaviy hisob-kitoblar töğrisida ma'lumotni taqdim etişi kerak.

Avvalroq, «Sergeli» avtomobil bozorini Toşkent viloyatining Çinoz tumaniga köçiriş rejalaştirilayotgani xabar berilgandi. Toşkent hokimi boşqa yirik bozorlarni ham şahardan taşqariga köçiriş va ularni biznes bilan birga boşqarişni taklif qildi.