Pensiya ta'minoti töğrisidagi qonunga kiritilgan yangi özgarişlar natijasida, qozoğistonliklarga kvartira yoki maşina kabi şaxsiy mulkini sotişdan olgan daromadining 10% miqdorini Yagona pensiya jamğarma fondiga (YaPJF) ötkazib beriş majburiyati yuklandi.

2018 yil 14 iyuldan boşlab, mulkni sotişdan daromad olgan fuqarolar YaPJFga 10% miqdorida, ammo eng kam iş haqining (EKIX) 10%dan kam bölmagan miqdorda (ayni paytda EKIX - 28 284 tenge) va EKIX 75 barobarining 10%dan köp bölmagan miqdorda pensiya tölovini amalga oşirişlari şart.

Bundan taşqari, 2020 yil 1 yanvardan boşlab, daromad va xarajatlarning ommaviy deklaratsiyasi joriy qilinadi. Unga köra, fuqarolarning qimmatbaho xaridlari ularning deklaratsiyada körsatgan daromadlari bilan soliştiriladi. Agar orada farq çiqsa, fuqaroga ogohlantiriş xati jönatiladi.

Bu haqda Astana şahrida ötkazilgan brifingda Davlat daromadlari departamenti rahbari Madi Takiyev gapirib berdi.

«Uyda saqlayotgan barça naqd pullaringizni körsatasiz. Agar ularning umumiy qiymati 14 million tengedan oşsa (taxminan 40 ming dollar), u holda bankda hisob raqami oçasiz va pullaringizni öşa yerda saqlaysiz» - dedi Takiyev.