Angliya terma jamoasining sobiq sardori, «MYu» safida uzoq yillar yorqin öyinlar körsatgan va ayni vaqtda MLS çempionatida, «Di Si Yunayted» safida töp surayotgan Ueyn Runi «Kolorado»ga qarşi öyinda gol urdi.
Öyin «Di Si Yunayted»ning 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. Öyinning 33-daqiqasida Runi hisobni oçdi, u bu vaziyatda raqib darvozaboni, «MYu»dagi sobiq jamoadoşi Tim Hovard bilan yakkama-yakka holatga çiqib bordi va öz imkoniyatini kökka sovurmadi. Bu uning Amerikadagi birinçi goli böldi.
Wayne Rooney opens his MLS account! #DCvCOL https://t.co/XuKvh1sVea
— Major League Soccer (@MLS) July 29, 2018
82-daqiqada «Kolorado» hujumçisi Kellin Akosta hisobni tenglaştirdi, 90-daqiqada mehmonlar himoyaçisi Niki Jyekson öz jamoasi darvozasini işğol etib qöydi.
Öyinga qöşib berilgan daqiqalar davom etayotgan vaqtda Runi jarohat oldi. U raqib himoyaçisi Aksel Soberg bilan töqnaşib ketib, burnini sindirib oldi. Uning közlaridan ham qon oqdi. Futbolçining yuziga 5ta çok tikildi. Uning qaçon töla tiklanişi hozirça ma'lum emas.
I'm proud to say this that this man was the first footballer I started idolising. White Pele. Miss you @WayneRooney. pic.twitter.com/ex2GVCc7GW
— Kyrie Harshving (@krazyhandles) July 29, 2018
28 iyun kuni yangi klubi bilan şartnoma imzolagan angliyalik hujumçi 14 iyul kuni «Vankuver»ga qarşi öyinda debyut qilib, bir golga assistentlik qilgandi.
Ayni vaqtda Vaşington şarafini himoya qiluvçi «Di Si Yunayted» Şarqiy konferensiya turnir jadvalida 18 öyinda 17 oçko jamğargan holda oxirgi örinda bormoqda.
Ma'lumot uçun, Ueyn Runi — «Mançester Yunayted» klubi tarixidagi eng yaxşi töpurar bölgandi. U Mançesterda 13 yil davomida 250 gol urgan. Şuningdek, u Angliya terma jamoasining ham eng yaxşi töpurari bölib turibdi, u milliy terma jamoa uçun 53 gol urgan.












