Camarqand şahridagi viloyat perinatal markazida (xalq orasida 4-son tuğuruqxona bilan maşhur) qiz farzand dunyoga keltirgan onaga uç kun ötib öğil çaqaloqning jasadi berilgani haqidagi xabarlar turli onlayn naşrlar va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda.

Özi bu yerda qanday hodisa röy bergan? KUN.UZ mazkur hodisa böyiça öz suriştiruvlarini olib bordi.

Viloyatning Urgut tumanida istiqomat qiluvçi, 1993 yilda tuğilgan Hakimova Gözal Aslam qizi 23 maydan 24 mayga ötar keçasi soat 01:00 da vazni 850 gramm bölgan çaqaloqni muddatidan oldin dunyoga keltiradi. Tuğuruqni qayd etiş jurnalida doya Barno Ergaşeva tomonidan çaqaloqning jinsi qiz bola ekanligi yoziladi. (Keyinçalik B.Ergaşeva öz maş'um xatosini töğrilaşga uringan va jurnaldagi «jyen» yozuvini «muj»ga özgartirib qöygan).

Aslida, G.Hakimova öğil bolani dunyoga keltirgan böladi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda ham tuğuruqdan oldingi ultratovuş tekşiruvi davomida uning homilasi jinsi öğil ekanligi ta'kidlanmoqda.

Nega unda jurnalga çaqaloqning jinsi adaşib, qiz bola sifatida yozilib qoldi?

Gap şundaki, G.Hakimovaning farzandi muddatidan avval tuğilgan. Bunday çaqaloqlar tuğilişi hamono, tanasi sovib qolmasligi uçun şoşilinç ravişda maxsus vakuumga solinadi. Perinatal markazda esa öşa kuni tuğuruq intensiv bölgan. G.Hakimovadan 10 daqiqa avval M.Qurbonova ismli ayol egizak farzandlar — öğilça va qizaloqni dunyoga keltiradi. M.Qurbonovaning qizaloği G.Hakimovaning öğlidan 4 daqiqa avval tuğiladi.

Çaqaloqlarni jurnalga qayd etgan doya B.Hakimova (u mazkur voqeada xatoga yöl qöyganligi uçun öz arizasiga köra işdan böşatilgan)ning aytişiça, «keyingi tuğilgan çaqaloqning jinsi nima edi?», deb savol berilganida kimdir egizaklardan keyingisini sörayapti, degan gumonda «qiz» degan va u bu ma'lumotni jurnalga yozgan.

Tabiiyki, onaga ham, uning qarindoşlariga ham hamşiralar tomonidan qiz farzand dunyoga kelgani aytib bölingan. Bu vaqtda muddatidan avval çala tuğilgan çaqaloqça esa pampers kiygan holatda vakuum içida hayot bilan kuraşardi.