Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Erkinjon Turdimovning 2018 yil 1 avgustdagi qarorlariga muvofiq viloyat hokimining ayrim örinbosarlari safida özgariş sodir böldi, deb yozadi zarnews.uz.

Şu paytgaça viloyat hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari vazifasida işlab kelayotgan Kamoliddin Qurbonov örniga Abdumajid Alibekoviç Nurqulov hokim örinbosari vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi.

Viloyat hokimning sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari vazifasini bajaruvçisi etib Akmal Ğayratoviç Şukurov tayinlandi.

1 avgustga qadar Samarqand viloyati hokimining turizmni rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimida işlab kelgan Munis Voseyev örnida endilikda Botirjon Ötkiroviç Nurullayev faoliyat körsatadi.