Markaziy Afrika respublikasida öldirib ketilgan rossiyalik jurnalistlar arab tilida sözlaşuvçi turbanlar guruhi tomonidan öğirlab ketilib, öldirilgan. Bu haqda yaqinidan jasadlar topilgan Sibut şahri hukumatidagi manbalarga asoslangan holda Associated Press xabar bermoqda.

TASS agentligi MAR hukumatiga asoslanib tarqatgan xabariga köra, jurnalistlar musulmon diniga e'tiqod qiluvçi jangarilar guruhi tomonidan öldirilgan. «Seleka» nomli bu terroristik guruh mamlakatning amaldagi hukumatiga qarşi kuraşib keladi. Manba ma'lumotiga köra, jurnalistlar 31 iyulga ötar keçasi Sibut şahridan 24 km masofada hujumga yöliqqan.

RBK naşri xabarida qayd etilişiça, jurnalistlar MAR poytaxti Bangi şahridan Bambari şahriga, BMT vakillari bilan uçraşuvga yöl olişgandi. Dastlabki xabarlarda, jurnalistlar talonçilik hujumi oqibatida öldirilgani aytilgandi, ularning yonida qimmatbaho texnikalar va 8500 dollar miqdorida naqd pul bölgan.

Örxon Jamol, Aleksandr Rastorguyev va Kirill Radçenko Markaziy Afrika Respublikasiga «Vagner» guruhi haqida hujjatli film oliş uçun kelişgandi.

OAV ma'lumotiga köra, bu guruh vakillari bölgan rossiyalik yollanma jangçilar ayni vaqtda MARda mamlakat prezidenti Fostenu-Arkanju Tuadereni qöriqlaş maqsadida bölib turibdi.

Şuningdek, Le Monde xabarida aytilişiça, ular mahalliy harbiylarni jangarilarga qarşi harbiy harakatlarga tayyorlaşmoqda va poytaxt Bangi şahrida bölib turadigan köça janglarida iştirok etib kelişmoqda.

Uşbu rossiyalik instruktorlar mamlakat prezidenti tomonidan «çeklanmagan imkoniyatlar» bilan ta'minlangan.

RFI xabariga köra, 2018 yil aprelidan Rossiya vakillaridan biri Markaziy Afrika Respublikasi «maslahatçisi»ga aylangan: uni Tuaderening «öng qöli» deb ataşadi.