Sobiq UFC jangçisi Oleg Taktarov irlandiyalik Konor Makgregorga rossiyalik Habib Nurmagomedov bilan jangi oldidan maslahat berdi.

«Men Konorning oxirgi janglarini kördim, u burnidan juda yomon nafas oldi va ikkinçi raunddan söng parterga tuşganida çarçab qoldi. 

Makgregor heç bölmasa bir oy toğlarda maşğulot ötkazsa yaxşi bölardi. Boksçi 12 raund davomida çarçamasligi, kuraşçi esa uç soat çarçamasligi mumkin, ammo boksçi kuraş tuşişni va kuraşçi boks tuşişni boşlasa, beş daqiqadan keyinoq çarçab qolişadi», — dedi Taktarov.

Eslatib ötamiz, 70 kilogrammgaça vazn toifasida UFC çempioni Nurmagomedov va da'vogar Makgregor örtasidagi jang 6 oktabrda Las-Vegasda bölib ötadi.